HEMIS tizimida tyutorlar uchun alohida menyu va yangi hisobot tizimi joriy etildi
Tizimning navbatdagi yangi versiyasida tyutorlar faoliyati, nodavlat OTTlar uchun diplom reyestri va xorijiy talabalar anketasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq qator muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi.
➖ “Tyutor faoliyati” menyusi: HEMIS tizimida tyutorga tegishli barcha funksionallar uchun alohida yangi menyu ochildi va barcha tegishli bo‘limlar unga o‘tkazildi;
➖ Prorektorlar nazorati: Prorektorlar tomonidan tyutorlarga hisobot topshirish talabnomasini yuborish va ularning hisobotlarini qabul qilish funksionali ishga tushdi (Tyutor faoliyati/tyutor hisobotlari);
➖ Tezkor hisobot topshirish: Tyutorlar tomonidan prorektor talabnomasi asosida faoliyat hisobotlarini tizim orqali topshirish imkoniyati yaratildi (Tyutor faoliyati/faoliyat hisobotlari);
➖ Bitirish buyrug‘ini shakllantirish: Diplom ma’lumotlarini faqat qayd qiladigan nodavlat (xorijiy) OTTlar uchun Diplom reyestri orqali talaba diplomi qayd qilingandan so‘ng Bitirish buyrug‘ini shakllantirish imkoniyati taqdim etildi;
➖ Xorijiy talabalar anketasi: Talaba anketasida xorijiy talabalarning davlatini tanlashda ortiqcha viloyat, tuman va mahalla ma’lumotlari cheklab qo‘yildi. Endilikda uy manzili maydonida to‘liq manzil to‘g‘ridan to‘g‘ri yoziladi.
So'nggi yangiliklar
Talabalar turizmi: ta’til va sayohat
Tizimning navbatdagi yangi versiyasida tyutorlar faoliyati, nodavlat OTTlar uchun diplom reyestri va xorijiy talabalar anketasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq qator muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi.
SamDPI talabasi — YuNESKO e’tiborida!
“Yoshlar va ilm-fan” jurnalining 2026-yil 2-soni e’lon qilindi!
Vazirlik tizimi xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
Yurtim qadriyatlari finalidan ilk premyera: O‘zMU Jizzax filiali