Loading...

Vazirlik tizimi xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining markaziy apparat va tasarrufidagi tizim tashkilotlari xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini Zakovat arena binosida bo‘lib o‘tdi.

Turnirda vazirlikning markaziy apparati va tizim tashkilotlari xodimlaridan tashkil topgan, 30 yoshgacha bo‘lgan 6 nafar tarkibdan iborat bir nechta jamoalar ishtirok etdilar.

Yakuniy natijalarga kora, quyidagi jamoalar golib topildi:

🥇1-o‘rin – Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi jamoasi;
🥈2-o‘rin – Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi;
🥉3-o‘rin – Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi.

Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan mos ravishda 6 donadan noutbuk, planshet va televizor bilan taqdirlandi.