Loading...

Tyutorlar malakasi tizimli ravishda oshirilmoqda


 Oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tyutorlar uchun Talaba va o‘quvchilar ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan muntazam tarzda zamonaviy malaka oshirish dasturlari muntazam tashkil etilmoqda.

     

 Mazkur dastur doirasida Toshkent shahridagi tyutorlar uchun mashg‘ulotlar an’anaviy (oflayn) shaklda, hududlardagi tyutorlar uchun esa masofaviy tarzda olib borilmoqda. Treninglar davomida ishtirokchilar tajribali mutaxassislar tomonidan tashkil etilgan ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlarda qatnashib, kasbiy faoliyatda zarur bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlamoqda.

 Markaz tomonidan yo‘lga qo‘yilgan ushbu tizimli o‘quv jarayonlari tyutorlarning kasbiy rivojiga, yoshlar bilan ishlash sifati va samaradorligining oshishiga, shuningdek, ta’lim muassasalarida sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.