Loading...

“Munozara” respublika turnirining respublika bosqichi Namanganda o‘tkaziladi!

      

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida tashkil etilayotgan “Munozara” turnirining 2026-yilgi mavsumi respublika bosqichi ishtirokchilari aniqlandi.

🏆Turnirning respublika bosqichida joylarda o‘tkazilgan hududiy bosqichlarda go‘lib bo‘lgan quyidagi 18 ta jamoa ishtirok etadi:

➡️Andijon davlat pedagogika institutining “Intellekt” jamoasi
➡️Buxoro davlat tibbiyot institutining “Genius” jamoasi
➡️O‘zbekiston milliy universitetining “Taraqqiyot yoshlari” jamoasi
➡️Guliston davlat universitetining “Aysberg” jamoasi
➡️Jizzax davlat pedagogika universitetining “Intellekt” jamoasi
➡️Nukus davlat pedagogika institutining “Sahro bulbullari” jamoasi
➡️Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining “Med-Lider” jamoasi
➡️Termiz davlat universitetining “Gumata” jamoasi
➡️“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining “Elita” jamoasi
➡️Namangan davlat universitetining “Namdu liderlari” jamoasi
➡️Qarshi davlat universitetining “Yuksalish” jamoasi
➡️Toshkent davlat tibbiyot universitetining “The best” jamoasi
➡️Samarqand davlat universitetining “Tafakkur” jamoasi
➡️Toshkent davlat yuridik universitetining “Yuristlar” jamoasi
➡️Urganch davlat pedagogika institutining “Pedagoglar” jamoasi
➡️Fargʻona davlat universitetining “Everest” jamoasi
➡️Toshkent davlat agrar universitetining “Taraqqiyot” jamoasi
➡️Navoiy davlat universitetining “Yupiter” jamoasi



➡️Respublika bosqichi uchun tavsiya etilgan mavzular ro‘yxati

🏆 Turnirning respublika bosqichi g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari, diplom va quyidagi tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
↪️1-o‘rin – 30 million so‘m;
↪️2-o‘rin – 20 million so‘m;
↪️3-o‘rin – 15 million so‘m.


⏺Shuningdek, hakamlar xulosasiga ko‘ra, 3 ta rag‘batlantiruvchi nominatsiyalar g‘oliblari ham aniqlanadi va Yoshlar ittifoqi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.