Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

    Adiblar xiyobonida hisobot konserti tashkil etildi

        

    Poytaxtimizda joylashgan Adiblar xiyobonida O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan talaba-yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan hisobot konserti tashkil etildi.

    “Milliy qadriyatlar sayli” doirasida o‘tkazilgan mazkur tantanali ma’naviy-ma’rifiy tadbirda universitet rahbariyati, Yozuvchilar uyushmasi vakillari, yozuvchi-shoirlar, Erkin Vohidov oila a’zolari, san’at va madaniyat fidoyilari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

      

    Dastlab universitet rahbariyati va tadbir mehmonlari O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov haykali poyiga gulchambar qo‘yilib, atoqli adib xotirasiga chuqur ehtirom ko‘rsatildi. Talaba-yoshlarga shoir ijodiy mahorati, yuksak insoniy fazilatlari haqida mahorat darsi tashkil etildi.