Quriliş muhandisligi fakultetida “Yuksalişning yetti milliy dasturi” mavzusida munozara taşkil etildi

Jizzax politexnika instituti Quriliş muhandisligi fakulteti talaba-yoşlari iştirokida “Yuksalişning yetti milliy dasturi” mavzusida bahs-munozara taşkil etildi.
Tadbirni fakultet dekani örinbosari J. Anarbayev oçib berdi. U öz sözida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan Mustaqillikning 35 yilligiga bağişlangan tantanali marosimda ilgari surilgan kelgusi ön yillik — milliy yuksaliş davri hamda inson qadrini yuksaltirişga qaratilgan yettita ustuvor dasturning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.
Bahs-munozara davomida jamoalar örtasida bölajak muhandislar uçun dolzarb bölgan masalalar yuzasidan qizğin fikr almaşildi. Xususan, mahallalarni obodonlaştirişda zamonaviy arxitektura uslublarini qöllaş yoki milliy qadriyatlar va an’anaviy uslublarni saqlab qoliş, şaharsozlikda köp qavatli uylar qurilişiga ustuvor ahamiyat beriş yoki yaşil boğlar va sport maydonçalarini köpaytiriş kabi mavzularda iştirokçilar öz qaraşlarini ilgari surib, ularni asoslab berdilar.
Şuningdek, muhokamalar davomida zamonaviy quriliş sohasida energiya tejamkorlik, ekologik barqarorlik va raqamli yeçimlarni amaliyotga keng tatbiq etiş har bir bölajak mutaxassis oldidagi muhim vazifalardan biri ekani alohida ta’kidlandi.
Tadbir yakunida faol iştirok etgan hamda asosli taklif va ğoyalarni ilgari surgan jamoalar quyidagi nominatsiyalar böyiça e’tirof etildi:
🏆 “Eng yaxşi yondaşuv va ğoya” — 201-26 QM hamda “Muhandislar” jamoalari;
🏆 “Eng yaxşi tahlil va yeçim” — “Quriliş 2” hamda “Yöl muhandisligi” jamoalari.
Mazkur munozara talaba-yoşlarning mustaqil va tanqidiy fikrlaş, öz nuqtayi nazarini asoslab beriş, jamoada işlaş könikmalarini rivojlantiriş hamda kelajak muhandislarining dolzarb ijtimoiy masalalarga daxldorligini oşirişga xizmat qiladi.
So'nggi yangiliklar
Quriliş muhandisligi fakultetida “Yuksalişning yetti milliy dasturi” mavzusida munozara taşkil etildi
Taniqli adiblar institutning ilmiy-amaliy markazlari faoliyati bilan tanişdilar
TDŞU professori Lanzhou universitetida talabalar uçun ma’ruza maşğuloti ötkazdi
Samarqand davlat pedagogika institutida Yoşlar kuni munosabati bilan Samarqand viloyati Yoşlar işlari boşqarmasi boşliği Şerzod Rahmonov iştirokida rahbar va yoşlar uçraşuvi bölib ötdi.
Özbekiston gandbolçilaridan tarixiy ğalaba!
Namangan davlat texnika universitetida rektor Oybek Ergaşevning professor-öqituvçilar, universitet xodimlari, talabalar hamda ularning ota-onalari bilan sayyor qabuli ötkazildi.