TDŞU professori Lanzhou universitetida talabalar uçun ma’ruza maşğuloti ötkazdi

Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti professor-öqituvçilarining 2026-yil 4–9-noyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Lanzhou universitetiga amalga oşirgan xizmat safari doirasida akademik hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan qator ilmiy-ma’rifiy tadbirlar taşkil etildi.
Jumladan, Lanzhou universiteti Adabiyot fakulteti taklifiga binoan Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti professori Xomidov Xayrillo Xudoyoroviç mazkur universitetning bakalavriat va magistratura bosqiçi talabalari uçun «Проблемы художественного перевода с близкородственных языков» («Özaro yaqin va qardoş tillardan badiiy tarjimaning dolzarb muammolari») mavzusida ma’ruza maşğulotini ötkazdi.
Ma’ruza davomida özaro yaqin va qardoş tillardan badiiy tarjima qilişning nazariy hamda amaliy jihatlari, tarjima jarayonida uçraydigan muammolar va ularning yeçimlari yuzasidan ilmiy fikr-mulohazalar bildirildi. Şuningdek, özbek adabiyoti va tarjimaşunosligining öziga xos xususiyatlari, bu boradagi ilmiy izlanişlar va amaliy tajribalar haqida ma’lumot berildi.
Ma’ruza yakunida professor X. Xomidov özbek xalqining atoqli adibi, Özbekiston xalq yozuvçisi Odil Yoqubov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan Toşkent şahrida naşr ettirgan monografiyasi hamda tarjima kitoblarini Lanzhou universiteti professor-öqituvçilari va talabalariga taqdim etdi.
Mazkur ma’ruza ikki oliy ta’lim muassasasi örtasidagi akademik almaşinuvni rivojlantiriş, özbek adabiyoti va ilmiy merosini xalqaro miqyosda tarğib etiş, şuningdek, talabalarni özbek ilmiy-adabiy tafakkuri va tarjimaşunoslik sohasidagi tadqiqotlar bilan yaqindan taniştirişga xizmat qildi.
So'nggi yangiliklar
Quriliş muhandisligi fakultetida “Yuksalişning yetti milliy dasturi” mavzusida munozara taşkil etildi
Taniqli adiblar institutning ilmiy-amaliy markazlari faoliyati bilan tanişdilar
TDŞU professori Lanzhou universitetida talabalar uçun ma’ruza maşğuloti ötkazdi
Samarqand davlat pedagogika institutida Yoşlar kuni munosabati bilan Samarqand viloyati Yoşlar işlari boşqarmasi boşliği Şerzod Rahmonov iştirokida rahbar va yoşlar uçraşuvi bölib ötdi.
Özbekiston gandbolçilaridan tarixiy ğalaba!
Namangan davlat texnika universitetida rektor Oybek Ergaşevning professor-öqituvçilar, universitet xodimlari, talabalar hamda ularning ota-onalari bilan sayyor qabuli ötkazildi.