Loading...

Rivojlangan davlatlar boshlang‘ich ta’lim tizimi bo‘yicha qo‘shma onlayn dars o‘tkazildi.

    

JDPU Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi dotsenti D. Farsaxonova va o‘qituvchi N. Quvonova tomonidan 1-bosqich magistrantlari ishtirokida Turkiyaning Karamanog‘li Mehmetbey universiteti dotsenti Özlem Yılmaz Demirel hamda magistrantlari bilan hamkorlikda “Rivojlangan davlatlarda boshlang‘ich ta’lim tizimi” mavzusida qo‘shma onlayn dars tashkil etildi. Dars davomida Finlyandiya, Singapur, Yaponiya, Turkiya va O‘zbekiston ta’lim tizimlari yuzasidan taqdimotlar qilindi. (https://jdpu.uz/rivojlangan-davlatlar-boshlangich-talim-tizimi-boyicha-qoshma-onlayn-dars-otkazildi/)