Talabalar oʻrtasida kibersport musobaqasi oʻtkazildi

Talabalar turar joyida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, zamonaviy axborot texnologiyalariga qiziqishini oshirish hamda jamoaviylik va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida Agrobiznes va raqamli iqtisodiyot fakulteti tyutori M. Umaraliyev tashabbusi bilan kibersport musobaqasi tashkil etildi.
Mazkur musobaqada Iqtisodiyot yo‘nalishi 1-bosqich 95-guruh talabalari hamda Logistika yo‘nalishi 1-bosqich 68-guruh talabalari faol ishtirok etdilar. Bellashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarining tezkor fikrlash qobiliyati, strategik yondashuvi va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
Musobaqa qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tdi. Unda ishtirok etgan talabalar nafaqat o‘zaro kuch sinashdilar, balki kibersport orqali zamonaviy texnologiyalarni yanada chuqur o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Tadbir yakunida faol va yuqori natija ko‘rsatgan jamoalar munosib rag‘batlantirildi. Ushbu musobaqa yoshlar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlash, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda raqamli texnologiyalar sohasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.
So'nggi yangiliklar
Adiblar xiyoboniga tashrif
Rivojlangan davlatlar boshlang‘ich ta’lim tizimi bo‘yicha qo‘shma onlayn dars o‘tkazildi.
“Temuriylar renessansi” mavzusida rasmlar tanlovi o'tkazildi.
Urganch davlat pedagogika institutida “Sport oyligi” doirasida shaxmat musobaqasi tashkil etildi
Talabalar oʻrtasida kibersport musobaqasi oʻtkazildi
"Tarannum" milliy fashion show — milliy liboslar jozibasi namoyon etildi.