Loading...

Qo‘qon davlat universiteti sport klubi tashabbusi bilan "Yoshlar kuni" munosabati bilan voleybol musobaqasi oʻtkazildi.

1-sonli talabalar turar joyi sport maydonchasida kechgan murosasiz bahslarda talabalar bor mahoratlarini namoyish etdilar. Yigitlar va qizlar jamoalari o‘rtasida alohida o‘tkazilgan o‘yinlar hayajonli lahzalarga boy bo‘ldi.

      

Keskin kurashlar ostidagi musobaqa yakunida kuchli uchlik quyidagicha koʻrinish oldi:

 1-o‘rin: 2-sonli talabalar turar joyi jamoasi
2-o‘rin: 3-sonli talabalar turar joyi jamoasi
 3-o‘rin: 1-sonli talabalar turar joyi jamoasi

G‘olib va sovrindorlar universitet rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.