SIUTda “Solnal” – Koreys yangi yili tantanali nishonlandi

Samarqand xalqaro texnologiya universiteti qoshidagi Koreya texnologiyasi va madaniyati instituti (KITC) tashabbusi bilan madaniy almashuv va koreys tilini ommalashtirish maqsadida koreys xalqining milliy bayrami – Solnal (Koreyscha Yangi yil) katta tantana bilan nishonlandi.

Solnal – koreys madaniyatining eng qadimiy va muhim an’analaridan biri bo‘lib, u odatda oy taqvimi bo‘yicha birinchi oyning birinchi sanasiga to‘g‘ri keladi. Ushbu ayyom nafaqat yangi yilni kutib olish marosimi, balki oilaviy rishtalarni mustahkamlash, ajdodlarga hurmat bajo keltirish va azaliy qadriyatlarni yodga olish kunidir.
So'nggi yangiliklar
Adiblar xiyoboniga tashrif
Rivojlangan davlatlar boshlang‘ich ta’lim tizimi bo‘yicha qo‘shma onlayn dars o‘tkazildi.
“Temuriylar renessansi” mavzusida rasmlar tanlovi o'tkazildi.
Urganch davlat pedagogika institutida “Sport oyligi” doirasida shaxmat musobaqasi tashkil etildi
Talabalar oʻrtasida kibersport musobaqasi oʻtkazildi
"Tarannum" milliy fashion show — milliy liboslar jozibasi namoyon etildi.