“Milliy qadriyatlar tarğibotçisi” respublika körik-tanlovi ğoliblari aniqlandi!

Ta’lim va ilm-fan vazirligi Talaba-yoşlar bilan işlaş markazi tomonidan taşkil etilgan “Milliy qadriyatlar tarğibotçisi” respublika körik-tanlovining final bosqiçi Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat instituti mezbonligida bölib ötdi. Ikki kun davom etgan final bosqiçida 15 nafar iştirokçi 3 ta şart böyiça öz bilim va salohiyati, ijodiy yondaşuvi hamda milliy qadriyatlarni tarğib etiş borasidagi faoliyatini namoyiş etdi.
✅ Yakuniy natijalarga köra quyidagi iştirokçilar ğolib deb topildi:
🥇1-örin – Allaniyazova Miyrixan Zaripbayevna – Nukus davlat pedagogika instituti dekan örinbosari;
🥈2-örin – Töxtanazarov Abduvahob Abdulatif öğli – Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi Yoşlar bilan işlaş, ma’naviyat va ma’rifat bölimi boşliği;
🥉3-örin – Toirova Feruza Qobilovna – Buxoro davlat tibbiyot instituti Yoşlar bilan işlaş, ma’naviyat va ma’rifat bölimi boşliği.
➡️ Jarayondan fotolavhalar
🎖Tanlov ğoliblari Ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplomlar hamda mos ravişda bazaviy hisoblaş miqdorining 50, 40 va 30 barobari miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Şuningdek, final bosqiçida faol iştirok etgan boşqa qatnaşçilar bazaviy hisoblaş miqdorining 10 barobari miqdorida pul mukofotlari bilan rağbatlantiriladi.
☑️Tanlov yakunida Markaz rahbari Abdumalik Akramov tomonidan final bosqiçining barça iştirokçilariga vazirlikning faxriy yorliqlari, Hakamlar hay’ati a’zolariga esa taşakkurnomalar topşirildi.
So'nggi yangiliklar
“Milliy qadriyatlar tarğibotçisi” tanlovining final bosqiçi boshlandi.
“Milliy qadriyatlar tarğibotçisi” tanlovining final bosqiçi davom etmoqda.
“Milliy qadriyatlar tarğibotçisi” tanlovining final bosqiçi davom etmoqda
“Milliy qadriyatlar tarğibotçisi” respublika körik-tanlovi ğoliblari aniqlandi!
ÖzMU magistranti Xitoyda xalqaro e’tirofga sazovor böldi!
Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosi 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat böladi