Loading...

      

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida 2026/2027-o‘quv yilida Vengriya Hukumatining “Stipendium Hungaricum” stipendiya dasturi doirasida ta’lim olish huquqini qo‘lga kiritgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda vazirlik rahbariyati, O‘zbekistondagi Vengriya Favqulodda va Muxtor Elchisi József Roja hamda tanlov komissiyasi a’zolari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida stipendiatlarga xorijda tahsil olish jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar, O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun malakali kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlari hamda ta’lim jarayoniga oid muhim tavsiyalar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, yoshlarning o‘zaro muloqot qilishi va hamkorlik aloqalarini mustahkamlashi uchun imkoniyat yaratildi.