Loading...

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimidagi yangilanishlar jarayoni jamoatchilik e’tiborida!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda 30 dan ortiq OAV hamda jamoatchilik vakillari, shuningdek, soha mutaxassislari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Anjumanda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, vazirning birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov, shuningdek, tizim rahbar-xodimlari tomonidan mazkur hujjatda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan ma’lumot berildi. 

Bundan tashqari, 2026-yilning 1-choragi davomida Prezident hamda hukumat hujjatlarida belgilangan topshiriqlarning vazirlik va tizim tashkilotlari tomonidan ijro etilish holati haqida ham hisobot berildi.