29-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida “Magistratura bitiruvchisi-2024” marosimi tashkil etildi
Tadbirda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, universitet rahbariyati vakillari, barcha fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bitiruvchi magistrlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi va bitiruvchilarga qarata “Bugun hayotingizda unutilmas kunlardan biri. Sizlar egallagan mutaxassisliklaringiz boʻyicha yana bir pogʻona yuksaldingiz. Ushbu quvonchli voqea bilan barchangizni tantanali ravishda tabriklashdan behad xursandman”, — deb, bitiruvchilarga oq yoʻl tiladi.

Tadbirda ota-onalar ham soʻzga chiqib, universitet rahbariyati va taʼlim bergan ustozlarga minnatdorchilik bildirdi.
Tadbir soʻngida, universitet rahbariyati vakillari tomonidan bitiruvchilarga diplom va esdaliklar tarqatildi.
So'nggi yangiliklar
“Kibermadaniyatni yuksaltirish” oyligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.
Oʻzbekistonning 22 ta oliy taʼlim tashkiloti Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingidan joy oldi
BuxDTI | “Ma’rifat maydoni – 2025” | Final
FarDU delegatsiyasi a’zolari Gruziyada O‘zbekistonning bebaho madaniy merosi taqdimotiga bagʼishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etdilar
1-aprel - Xalqaro qushlar kuni
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi “Yosh kitobxon” tanlovida g‘olib bo‘lib, avtomobil sohibasiga aylandi!