“Kibermadaniyatni yuksaltirish” oyligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

Yurtimiz oliy ta’lim muassasalarida “Kibermadaniyatni yuksaltirish” oyligi doirasida turli targ‘ibot-tashviqot ishlari, seminar-treninglar va axborot xavfsizligi bo‘yicha ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Andijon davlat universitetida talabalar o‘rtasida kibermadaniyat mavzusida targ‘ibot ishlari olib borildi.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida kibermadaniyatga bag‘ishlangan ko‘rgazma va mahorat darsi hamda “Onlayn xavfsizlik qoidalari” mavzusida trening o‘tkazildi.
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali “Kibermadaniyatni yuksaltirish – yoshlar burchi” nomli uchrashuv o‘tkazildi.
Namangan davlat texnika universitetida “Huquqbuzarlik va kiberjinoyatni oldini olish” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpoq davlat universitetida talabalararo “Kibermadaniyat oyligi” doirasida tadbirlar o‘tkazildi, shuningdek talaba-yoshlar kiber jinoyatchilikning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlarida faol qatnashdilar.
Toshkent xalqaro universitetida “Kibermadaniyatni rivojlantirish oyligi” doirasida internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan firibgarlik turlari mavzusida tadbir o‘tkazildi.



Oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan mazkur tadbirlar yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish, onlayn makonda madaniyatli xulq-atvorni shakllantirish hamda axborot xurujlariga qarshi kurashish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
So'nggi yangiliklar
Rektor yotoqxonada: talaba-qizlarning takliflari tinglandi
Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!
Talaba-yoshlar o‘rtasida ommaviy yugurish marafoni tashkil etildi
BuxDUda salomatlik va birdamlik marafoni: "Bir bayroq ostida — 5000 qadam!"
BuxDU jamoasi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi!
“Yangi O‘zbekiston” universitetida startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha akseleratsiya dasturi yo‘lga qo‘yildi