“Kibermadaniyatni yuksaltirish” oyligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

Yurtimiz oliy ta’lim muassasalarida “Kibermadaniyatni yuksaltirish” oyligi doirasida turli targ‘ibot-tashviqot ishlari, seminar-treninglar va axborot xavfsizligi bo‘yicha ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
(https://t.me/adu_uz/52697)
🔹Andijon davlat universitetida (https://t.me/adu_uz/54676) talabalar o‘rtasida kibermadaniyat mavzusida targ‘ibot ishlari olib borildi.
🔹Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida (https://t.me/ttatf2018/21605) kibermadaniyatga bag‘ishlangan ko‘rgazma va mahorat darsi hamda “Onlayn xavfsizlik qoidalari” (https://t.me/ttatf2018/21573) mavzusida trening o‘tkazildi.
🔹O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali (https://t.me/OzMKNFdirektor/19083)“Kibermadaniyatni yuksaltirish – yoshlar burchi” nomli uchrashuv o‘tkazildi.
🔹Namangan davlat texnika universitetida (https://t.me/NamDTU_Asosiy/9054) “Huquqbuzarlik va kiberjinoyatni oldini olish” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
🔹Qoraqalpoq davlat universitetida (https://t.me/www_karsu_uz/51979) talabalararo “Kibermadaniyat oyligi” doirasida tadbirlar o‘tkazildi, shuningdek talaba-yoshlar kiber jinoyatchilikning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlarida faol qatnashdilar. (https://t.me/www_karsu_uz/51975)
🔹Toshkent xalqaro universitetida (https://t.me/tiu_edu/7215) “Kibermadaniyatni rivojlantirish oyligi” doirasida internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan firibgarlik turlari mavzusida tadbir o‘tkazildi. (https://t.me/tiu_edu/7189)
🔹Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida (https://t.me/andqxai_rasmiy/19541) “Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida seminar-trening o‘tkazildi.
🔹Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida (https://t.me/TerDPI/28385) talaba-yoshlar ishtirokida “Kibermadaniyatni yuksaltirish” oyligi doirasida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. (https://t.me/TerDMAU/26324)
🔹O‘zMU Jizzax filialida (https://t.me/uzmujizzaxfiliali/38640) “Kibermadaniyatni rivojlantirish oyligi doirasida kiber makonda sodir bo'layotgan jinoyatlar va ularni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar” mavzusida targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi.
🔹Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnalogiyalar (https://t.me/otmsamvmi/48327) universitetida (https://t.me/otmsamvmi/48327) "Kiber madaniyat"ni oshirish yuzasidan talabalarga kiber-jinoyatchilik va kiber madaniyat haqida tushunchalar berdi. Shuningdek, tadbir doirasida profilaktik davra suhbat o‘tkazildi. (https://t.me/otmsamvmi/48327?single)



✅ Oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan mazkur tadbirlar yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish, onlayn makonda madaniyatli xulq-atvorni shakllantirish hamda axborot xurujlariga qarshi kurashish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
So'nggi yangiliklar
“Kibermadaniyatni yuksaltirish” oyligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.
Oʻzbekistonning 22 ta oliy taʼlim tashkiloti Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingidan joy oldi
BuxDTI | “Ma’rifat maydoni – 2025” | Final
FarDU delegatsiyasi a’zolari Gruziyada O‘zbekistonning bebaho madaniy merosi taqdimotiga bagʼishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etdilar
1-aprel - Xalqaro qushlar kuni
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi “Yosh kitobxon” tanlovida g‘olib bo‘lib, avtomobil sohibasiga aylandi!