“Yoshlarda kasbiy mahoratni shakllantirishda notiqlikning o‘rni” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Bugun Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda Shahrisabz davlat pedagogika instituti hamkorligida ZOOM platformasida o‘tkazilgan davra suhbatida markaz bo‘lim boshlig‘i Maftuna Gapparova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Nilufar Umrzoqova hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Davra suhbati davomida jurnalist Nilufar Umrzoqova talabalarga “O‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lishida notiqlik sirlari” mavzusida ma'lumotlar berdi. Shuningdek, Maftuna Gapparova boshqaruv madaniyati, ta'limda ma'naviyatning o‘rni, bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar borasida o‘z mulohazalarini aytib o‘tdi. Shundan so‘ng, “Yil talabasi – 2023” Respublika ko‘rik-tanlovida “Yilning eng namunali tadbirkor talabasi” nominatsiyasi g‘olibasi Gulsanam Sattorova tengdoshlariga hozirgacha erishgan muvaffaqiyatlari haqida so‘zlab berdi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan davra suhbatida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Institutning Musiqiy ta'lim yo‘nalishi ijodkor talabalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar esa tadbirga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
So'nggi yangiliklar
“Munozara” turnirining respublika bosqichiga start berildi.
Markaz tomonidan o‘tkazilgan respublika tanlovlari g‘oliblari tantanali taqdirlandi!
“Ilhom – 2025” mukofoti yakuniy Respublika bosqichi ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi!
“Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” mavzusida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi
Malaka oshirish kurslari davom etmoqda
Respublika insholar tanlovi g‘oliblari aniqlandi