Loading...

“Munozara” respublika debat tanlovining final bosqiçiga start berildi.

      

🇺🇿 Ta’lim va ilm-fan vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoşlar işlari agentligi, Fanlar akademiyasi hamda Talaba-yoşlar bilan işlaş markazi hamkorligida taşkil etilayotgan “Munozara” respublika debat tanlovining final bosqiçining oçiliş marosimi bölib ötdi.

🏛 Marosimda Talaba-yoşlar bilan işlaş markazi direktori Abdumalik Akramov sözga çiqib, tanlovning yoşlar örtasida intellektual salohiyat, mustaqil fikrlaş va munozara madaniyatini rivojlantirişdagi ahamiyatiga alohida töxtaldi hamda barça iştirokçi jamoalarga muvaffaqiyat tiladi.

☑️Şundan söng Hakamlar hay’ati raisi, Özbekiston bolalar taşkiloti Farğona viloyati hududiy bölinmasi boşliği Muhiddin Abdurahimov turnirning final bosqiçi reglamenti va ötkaziliş tartibi haqida batafsil ma’lumot berdi.

🏆 Final bosqiçi iştirokçilari:

➡️Andijon davlat texnika institutining “Sarbon” jamoasi
➡️Farğona davlat universitetining “Tandem 4” jamoasi
➡️Urganç davlat pedagogika institutining “Pedagoglar” jamoasi
➡️Toşkent davlat tibbiyot universitetining “The best” jamoasi
➡️“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining “Elita” jamoasi
➡️Cyber university'ning “Tabiiy intellekt” jamoasi
➡️Guliston davlat universitetining “Aristokratlar” jamoasi
➡️Buxoro davlat universitetining “Yoğdu” jamoasi
➡️Navoiy davlat universitetining “Yupiter” jamoasi
➡️Nukus davlat pedagogika institutining “Sahro bulbullari” jamoasi
➡️Samarqand davlat tibbiyot universitetining “Avicenna” jamoasi
➡️Namangan davlat universitetining “NamDU liderlari” jamoasi
➡️Termiz davlat universitetining “Surxon yoşlari” jamoasi
➡️Qarşi davlat universitetining “Yuksaliş” jamoasi
➡️Huquqni muhofaza qiliş akademiyasining “Anticrime” jamoasi
➡️Toşkent davlat iqtisodiyot universitetining “Evriliş” jamoasi



➡️Oçiliş marosimidan rasmlar

Ayni damda tanlovning guruh bosqiçi uçun ötiş öyinlari bölib ötmoqda. Ötiş öyinlarida ğolib bölgan jamoalar guruh bosqiçida iştirokini davom ettiradi. Tanlovda iştirok etayotgan barça jamoalarga omad tilaymiz.