Loading...

O‘zbek tilida yangi so‘z va atamalar rasmiy muomalaga kiritildi

O‘zbek tilining zamonaviy rivojlanishini ta’minlash, uning ilmiy va rasmiy uslubdagi imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida yangi so‘z va atamalarni rasmiy muomalaga kiritish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi tomonidan turli fan va faoliyat sohalariga oid xorijiy o‘zlashmalarning o‘zbek tili qoida va me’yorlariga mos milliy muqobillari ishlab chiqilib, belgilangan tartibda tavsiya etildi.

Mazkur tashabbus:
o‘zbek tilining ilmiy va rasmiy uslubdagi imkoniyatlarini kengaytirish;
terminologik tizimni milliylashtirish;
atamalarning yagona me’yor asosida qo‘llanishini ta’minlash;
davlat tilining nufuzi va mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.