“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2026-yilgi 1-mavsumi final bosqichi o‘tkazildi!

Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan e’lon qilingan (https://t.me/yoshlareduuz/21080) “Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovining final bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda har bir hududdan bir oliy ta’lim muassasasi mas’ul etib belgilandi va finalga o‘tgan ishtirokchilar mazkur oliygohlarga tashrif buyurib, kuzatuvchi nazorati ostida final testlarini ishladi. Markazlashgan holda tashkil etilgan final bellashuvida 1-bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan 145 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdi. Finalni Markaz direktori Abdumalik Akramov ochib berib, ishtirokchilarga omad tiladi.

Finalda ishtirokchilarga Shuhratning “Oltin zanglamas” hamda Marsel Brionning “Menkim, Sohibqiron – Jahongir Temur” kitoblari bo‘yicha tuzilgan 50 tadan test savollari berildi. Har bir test uchun 40 soniyadan vaqt ajratildi.
Yakunda testlar bo‘yicha eng ko‘p ball to‘plagan ishtirokchilar tanlov g‘olibi deb topildi. Natijalar teng bo‘lib qolgan holatda g‘olib aniqlangunga qadar qo‘shimcha savollar berildi.
So'nggi yangiliklar
“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2026-yilgi 1-mavsumi final bosqichi o‘tkazildi!
“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2026-yilgi 1-mavsumi g‘oliblari bilan tanishing.
Oliy ta’lim tashkilotlarida “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasining saralash bosqichi o‘tkazildi
Talaba-qizlar oʻrtasida “Vazir kubogi”: yangi yoʻnalish — chim ustida xokkey musobaqalari boshlandi
Fransiyada o‘tgan “Act In Space – 2026” xalqaro xakatonida o‘zbekistonlik talabalar 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi
OʻzLiDeP fraksiyasida oliy taʼlim tizimini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi