Markaz tomonidan o‘tkazilgan respublika tanlovlari g‘oliblari tantanali taqdirlandi!
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Madaniyat saroyida talaba va o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan “Men giyohvandlikka qarshiman!” ijodiy ishlar tanlovi, “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” insholar tanlovi hamda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining respublika bosqichlari g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Talabalar festivali doirasida tashkil etilgan marosimni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov kirish so‘zi bilan ochib berib, o‘tkazilgan tanlovlarning ahamiyati, talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar, teatrning yoshlar ma’naviyatini oshirishdagi roli haqidagi fikrlarini bildirib, barcha g‘oliblarni samimiy qutladi.
Marosim davomida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining final bosqichida ishtirok etgan barcha jamoalarga Yoshlar ishlari agentligi direktori 1-o‘rinbosari Dilnozaxon Kattaxanova Agentlikning maxsus sovg‘alarini topshirib, omad tiladi.
“Talabalar teatr studiyalari” festivali g‘oliblari bilan tanishing:
1-o‘rinlar: Andijon davlat pedagogika instituti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti;
2-o‘rinlar: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Qarshi davlat texnika universiteti;
3-o‘rinlar: Namangan davlat pedagogika instituti va Termiz davlat pedagogika instituti.
“Eng yaxshi oliy ta’lim muassasasi” nominatsiyasi g‘olibi Farg‘ona davlat universiteti;
“Eng yaxshi ayol roli uchun” nominatsiyasi g‘olibi Layloxon Bozorova, Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi;
“Eng yaxshi erkak roli uchun” nominatsiyasi g‘olibi Mansurjon Yormuhammedov, Qarshi davlat texnika universiteti talabasi:
“Jamoa ijodkor talabasi” nominatsiyasi g‘olibi Bekzod Egamberdiyev, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi;
“Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi rahbari” nominatsiyasi g‘olibi Shahlo Qurbonova, Termiz iqtisodiyoti va servis universiteti.
Festival g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom, maxsus statuetka va 1-o‘rin BHMning 190 barobari; 2-o‘rin BHMning 140 barobari va 3-o‘rin BHMning 85 barobari miqdorida pul yutuqlari bilan taqdirlandi.
So'nggi yangiliklar
Markaz tomonidan o‘tkazilgan respublika tanlovlari g‘oliblari tantanali taqdirlandi!
“Ilhom – 2025” mukofoti yakuniy Respublika bosqichi ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi!
“Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” mavzusida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi
Malaka oshirish kurslari davom etmoqda
Respublika insholar tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Respublika ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi!