“Ilhom – 2025” mukofoti yakuniy Respublika bosqichi ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi!
“Ilhom” mukofoti shoir va yozuvchilarning hayoti hamda ijodini o‘rganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar o‘tkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan iqtidorli yoshlarni munosib rag‘batlantirish maqsadida har yili doimiy tarzda o‘tkazib kelinadi.
Bugun Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida (https://t.me/yoshlareduuz) mazkur tanlovning saralash, ya’ni oliy ta’lim tashkiloti bosqichida eng yuqori ballga baholangan ishtirokchilarning hujjatlari va amaliy ishlari Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘rganib chiqilib, shaffof va adolat mezonlari asosida baholanmoqda.
“Ilhom” mukofoti g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash har yili Adiblar xiyoboni ochilgan kun – 20-mayda “Katta adabiyot bayrami” haftaligi doirasida amalga oshiriladi
So'nggi yangiliklar
“Ilhom – 2025” mukofoti yakuniy Respublika bosqichi ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi!
“Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” mavzusida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi
Malaka oshirish kurslari davom etmoqda
Respublika insholar tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Respublika ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi!
Korrupsiya – bu muvaffaqiyat emas. U adolatni buzadi, jamiyat ishonchini yemiradi.