Adiblar xiyobonida ma’naviyat va ma’rifat nafas olayapti...
Adiblar xiyoboni bugun yana bir bor ilm, ruh, so‘z va san’at maskaniga aylandi. Ushbu tadbirlar orqali, bizning yoshlarimiz ulug‘ adiblarimizning boy ma’naviy merosiga oshno bo‘lib, ilm-fan va san’atga bo‘lgan e’tiborini yanada kuchaytirishmoqda.
Ichki ishlar akademiyasi va Renessans ta’lim universiteti tomonidan tashkil qilingan tadbirda Sankt-Peterburg davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali va PDP universiteti talabalari faol ishtirok etdilar.
Tadbir doirasida:
mashhur ijodkorlar bilan ijodiy suhbatlar,
sport musobaqalari,
yoshlar ijodidan she’r va hikoyalar,
musiqiy sahna ko‘rinishlari hamda samimiy muhit hukm surdi.
Bu tadbirlar yoshlarimizni nafaqat milliy g‘urur bilan, balki ulug‘ adiblarimizning boy merosi bilan ham tanishtiradi. Buning natijasida, yangi avlodning so‘z san’ati va ma’naviyatga bo‘lgan e’tibori yanada mustahkamlanadi.
Fotosuratlar:
So'nggi yangiliklar
Adiblar xiyobonida ma’naviyat va ma’rifat nafas olayapti...
“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 5-mavsumi final bosqichi bo‘lib o‘tdi!
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan talaba hikoyasi
Xalqaro Nordik universiteti bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Malaka oshirish kurslari davom etmoqda
33 ta oliy ta’lim muassasasida “Kelajakka qadam” markazlari tashkil etildi