“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 5-mavsumi final bosqichi bo‘lib o‘tdi!
Final bosqichida har bir hududdan bir oliy ta’lim muassasasi mas’ul etib belgilandi va finalga o’tgan har bir ishtirokchi mazkur oliygohlarga tashrif buyurib, kuzatuvchi nazorati ostida final testlarini ishladi. Markazlashgan holda tashkil etilgan final bellashuvida 1-bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan 150 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Finalda ishtirokchilarga oldindan o‘qish uchun vazifa qilib berilgan Said Ahmadning “Yo‘qotganlarim va topganlarim” , Jek Londonning “Martin Iden” hamda “Jadidlar” to‘plamining “Mahmudxo‘ja Behbudiy” kitoblari bo‘yicha tuzilgan 50 tadan test savollari berildi. Har bir test uchun 40 soniyadan vaqt ajratildi.
Yakunda testlar bo‘yicha eng ko‘p ball to‘plagan ishtirokchilar tanlov g‘olibi deb topildi.
Jarayondan fotolavhalar bilan quyida tanishing:
Toshkent
Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Farg‘ona viloyati
Jizzax viloyati
Namangan viloyati
Navoiy viloyati
Samarqand viloyati
Surxondaryo viloyati
Xorazm viloyati
Qashqadaryo
So'nggi yangiliklar
“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 5-mavsumi final bosqichi bo‘lib o‘tdi!
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan talaba hikoyasi
Xalqaro Nordik universiteti bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Malaka oshirish kurslari davom etmoqda
33 ta oliy ta’lim muassasasida “Kelajakka qadam” markazlari tashkil etildi
“Ilhom” mukofoti sovrindoriga aylanmoqchimisiz?