Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

    #birinchi_kurs_maktabi
    #tanishtiruv_darslari

    “Birinchi kurs maktabi” doirasida tadbirlar boʻlib oʻtmoqda    

         

    Guliston davlat universitetida 2024/2025-oʻquv yilining 1-bosqichiga qabul qilingan talabalar uchun “Birinchi kurs maktabi” doirasida “Tanishtiruv darslari” boʻlib oʻtmoqda.

    Rejaga koʻra 9-14-sentabr kunlari oʻtkaziladigan “Birinchi kurs maktabi” doirasida Talabalarni ichki axloq-odob qoidalari bilan tanishtirish, Oliy taʼlim muassasasi tuzilmasi, Kredit-modul tizimi, HEMIS platformasida ishlash, Guliston shahridagi diqqatga sazovor joylarga ekskursiya uyushtirish kabi tadbirlar oʻtkaziladi.