Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

     

    Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar! Qadrli hamkasblar!
    Aziz talabalar!

    Avvalo, yangi – 2024/2025-o‘quv yilining boshlanishi va talabalik baxtiga musharraf bo'lgan yoshlarni chin dildan qutlayman.

    Bilim barcha eshiklarning kaliti, muvaffaqiyatning asosidir. Bugungi kunda yurtimizda ilmga juda katta e’tibor qaratilmoqda va bularning barchasi barkamol yoshlarni tarbiyalab, yetishtirishga qaratilgan.

    Talabalik buyuk imkoniyatlar davri hisoblanadi. Undan unumli foydalaning, yangi bilimlarga intiling, do‘stlar orttiring, kelajak uchun rejalar tuzing va har bir lahzani qadrlang. Sifatli taʼlim sizning tirishqoqliginingiz, ilmga erishish yo‘lidagi sobitligingiz bilan chambarchas bog‘liqligini unutmang!

    Yangi o‘quv yilida sizga omad va muvaffaqiyat yor bo‘lishini tilayman.

    Nabiyev Dilmurod Xamidullayevich
    Qarshi davlat universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor