Talabalarga yaratilgan sharoitlar
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib, yangi o‘quv yiliga tayyorlik holati, ta’lim sifati va samarasi, o‘quv laboratoriyalar, talabalarga yaratilgan qulayliklar, talabalarni yashash joyi bilan ta’minlash kabi ishlarning borishini ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari boʻyicha maʼlumotlar markazi” faoliyati bilan tanishildi hamda universitet yotoqxonalariga birma-bir kirib, barcha qavatlardagi xonalarda talabalar uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar o‘rganildi. Ma’naviyat xonasi, kutubxona, kompyuter texnikalari, tibbiyot xonasi, talabalarga maishiy xizmat ko‘rsatish joylarini ko‘rib, tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.

So'nggi yangiliklar
UrDPIda Vatan himoyachilari kuni keng nishonlandi
"Vatanparvarlik karvoni"
Namangan davlat texnika universitetida sport bilan muntazam shug'ullanuvchi talabalar ta'tilda ham faol
TTJlar to‘liq tayyor, talabalarni kutib olish shtabi ish boshladi
UrDPIda qishki ta’tildan so‘ng talabalar turar joyi qayta jonlanmoqda
Buxoro davlat tibbiyot institutida xorijiy talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi