Loading...

    REKTOR SIRTQI BO‘LIM TALABALARI BILAN MULOQOT O‘TKAZDI

    Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti rektori B.Mardonov bugun sirtqi bo‘lim 1-kurs talabalari bilan muloqot o‘tkazdi. Tadbirda fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchilar ham ishtirok etdi.   

         

    Rektor o‘z ma'ruzasida bugungi kunda yoshlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash davlatimiz siyosatining ustuvor jihati ekanligiga urg‘u qaratdi. Shuningdek, imkoniyatlardan unumli foydalanish, sessiya jarayonlarida ta’magirlik va korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik haqida barcha ogohlantirildi.

    Rektor maslahatchisi A.Jalilov ham so‘zga chiqib, avvalo yosh mutaxassislarga omad tilar ekan, universitet ichki tartib-qoidalariga rioya qilish lozimligi, duch kelinayotgan salbiy holatlar, har bir shaxsning kelajagi o‘z qo‘lida ekanligini hamisha yodda tutuish muhimligini ta’kidladi. Muloqot samimiy ruhda o‘tdi.

       

    © NDKTU Axborot xizmati