Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

    O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialini joriy o‘quv yilida 493 nafar bakalavr va magistrantlar tamomladi

    Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida taʼlimning bakalavr hamda magistr bosqichini tamomlagan yoshlarga diplomlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
        

    Unda O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali direktori, O.Turakulov ishtirok etib, bitiruvchilarga oq yo‘l tiladi. O‘quv yili davomida o‘zining faolligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan bir guruh yoshlar filial rahbariyatining Faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, bir guruh faol bitiruvchilarning ota-onalariga ham filial direktorining tashakkurnomalari taqdim etildi.
       

    Eslatib o‘tamiz, joriy o‘quv yilida O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida bakalavriat bosqichini 491 nafar, magistr bosqichida esa 2 nafar yoshlar tamomlab bakalavr va magistr darajasiga ega bo‘ldi.