Loading...

BuxDUda salomatlik va birdamlik marafoni: "Bir bayroq ostida — 5000 qadam!"

Bugun,kuni erta tongdan Buxoro davlat universitetida "Bir Vatan, bir el, bir bayroq" shiori ostida ommaviy yurish marafoni o‘tkazildi.

Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda "Sog‘lom inson — sog‘lom millat" g‘oyasini umummilliy harakatga aylantirish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirda universitet rektori, professor Obidjon Xamidov boshchiligidagi jamoa — professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi.

Universitetning asosiy binosi oldidan start olgan marafonda ishtirokchilar belgilangan masofani ko‘tarinki ruhda bosib o‘tdilar. Mazkur tadbir nafaqat jismoniy salomatlikni mustahkamlashga, balki jamoada ahillik va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatimizda aholi salomatligini asrash va ommaviy sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida BuxDUda ham tizimli ravishda sport tadbirlari va sog‘lomlashtirish aksiyalari o‘tkazib kelinmoqda.

Salomatlik sari tashlangan har bir qadam — kuchli va barqaror kelajak poydevoridir!