BuxDU jamoasi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi!

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 22-mart kunidan 1-aprel kuniga qadar Buxoro viloyati sportning voleybol turi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining III-tur bahslariga mezbonlik qilmoqda.
Bugun, 23-mart kuni Buxoro davlat universiteti voleybol sport zalida ushbu nufuzli musobaqaning navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda BuxDU voleybolchi yigitlar jamoasi Toshkent shahrining AGMK jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Murosasiz va shiddatli kechgan bahsda BuxDU jamoasi yuqori mahorat, jamoaviy uyg‘unlik va kuchli iroda namoyish etib, raqibini 3:0 hisobida ishonchli tarzda mag‘lub etdi.
Uchrashuvni Buxoro davlat universiteti rektori boshchiligida universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda ko‘plab talaba-yoshlar bevosita kuzatib, jamoamizni faol qo‘llab-quvvatladilar. Bu esa sportchilarga alohida ruh va motivatsiya bag‘ishladi.
Mazkur g‘alaba BuxDU jamoasining musobaqadagi muvaffaqiyatli ishtirokiga mustahkam zamin yaratdi.
BuxDU voleybolchi yigitlarini ushbu yorqin g‘alaba bilan tabriklaymiz va keyingi uchrashuvlarda ham omad va zafarlar tilaymiz!
So'nggi yangiliklar
Rektor yotoqxonada: talaba-qizlarning takliflari tinglandi
Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!
Talaba-yoshlar o‘rtasida ommaviy yugurish marafoni tashkil etildi
BuxDUda salomatlik va birdamlik marafoni: "Bir bayroq ostida — 5000 qadam!"
BuxDU jamoasi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi!
“Yangi O‘zbekiston” universitetida startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha akseleratsiya dasturi yo‘lga qo‘yildi