“Yangi O‘zbekiston” universitetida startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha akseleratsiya dasturi yo‘lga qo‘yildi

“Yangi O‘zbekiston” universitetida startap ekotizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Prezident Administratsiyasining moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt yo‘nalishlari bo‘yicha departament rahbari Bobur Xodjayev hamda universitetning birinchi prorektori Baxodir Axmedov so‘zga chiqib, yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va oliy ta’lim muassasalarining bu jarayondagi o‘rni haqida fikr bildirdi.
Uchrashuvda vazirlik va tashkilotlar vakillari, bank va sanoat sohasidagi yetakchi kompaniyalar hamda boshqa oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi. Davra suhbati davomida yoshlarning talab va takliflari o‘rganildi, talabalar tomonidan ishlab chiqilgan sun’iy intellekt, moliyaviy texnologiyalar va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlaridagi innovatsion loyihalar taqdim etildi.
Mazkur uchrashuv yoshlar uchun o‘z g‘oyalarini mutaxassislar va hamkor tashkilotlar e’tiboriga taqdim etish hamda istiqbolli aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun muhim platforma bo‘ldi.
So'nggi yangiliklar
Rektor yotoqxonada: talaba-qizlarning takliflari tinglandi
Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!
Talaba-yoshlar o‘rtasida ommaviy yugurish marafoni tashkil etildi
BuxDUda salomatlik va birdamlik marafoni: "Bir bayroq ostida — 5000 qadam!"
BuxDU jamoasi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi!
“Yangi O‘zbekiston” universitetida startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha akseleratsiya dasturi yo‘lga qo‘yildi