Jizzaxda Sport vaziri ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Sport vaziri Adkham Ikramov hududlarda sport sohasiga oid muammo va takliflarni o‘rganish, shuningdek, ularni bevosita joyida hal etish maqsadida Jizzax Politexnika institutida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazdi.
Sayyor qabul davomida hududda sport sohasida bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar, sport sohasini raqamlashtirish masalalari, mavjud muammolar hamda kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi.

Qabul jarayonida aholidan 10 dan ortiq murojaat kelib tushib, ularning aksariyati joyida ijobiy hal etildi. Shuningdek, ayrim murojaatchilarga amaldagi qonunchilik doirasida huquqiy tushuntirishlar berildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlarning ijrosi esa belgilangan tartibda nazoratga olindi.
Shuningdek, Sport vaziri Jizzax Politexnika institutida yangi tashkil etilgan kurash zalida yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, talabalar sportini yanada rivojlantirish masalasida tegishli tavsiyalar berildi.
So'nggi yangiliklar
"Abul Muin an-Nasafiy" ziyoratgohiga sayohat tashkil etildi.
“Oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifati, akkreditatsiya va reyting masalalari” mavzusida amaliy uchrashuv
Jizzaxda Sport vaziri ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Farg‘ona davlat texnika universiteti talabalari xalqaro olimpiadada faxrli o‘rinni egalladi
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 11-fevral – "Xalqaro ilm-fandagi xotin-qizlar kuni" munosabati bilan ilmiy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi!
Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan 2025-yilda o‘tkazilgan respublika tanlovlari g‘oliblari Buxoro viloyatida tantanali ravishda taqdirlandi.