Farg‘ona davlat texnika universiteti talabalari xalqaro olimpiadada faxrli o‘rinni egalladi

Buxoro shahrida o‘tkazilgan nufuzli xalqaro olimpiadada 10 dan ortiq davlat hamda 100 dan ziyod jamoa ishtirok etdi. Mazkur musobaqada Farg‘ona davlat texnika universiteti talabalari munosib ishtirok etib, kimyo va matematika fanlari yo‘nalishida o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon qilishdi hamda faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Ushbu yutuqqa “Yosh kimyogarlar” va “Al-Farg‘oniy” jamoalari erishib, jamoa a’zolari diplom, kubok va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Kuni kecha universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Shoxrux Davlyatov talabalarni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklab, kelgusidagi o'qish va ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.
Bu muvaffaqiyat — universitetimiz talabalari va ustozlarining ilmiy izlanishlari, fidokorona mehnati hamda yuksak salohiyatining amaliy natijasidir.
So'nggi yangiliklar
"Abul Muin an-Nasafiy" ziyoratgohiga sayohat tashkil etildi.
“Oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifati, akkreditatsiya va reyting masalalari” mavzusida amaliy uchrashuv
Jizzaxda Sport vaziri ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Farg‘ona davlat texnika universiteti talabalari xalqaro olimpiadada faxrli o‘rinni egalladi
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 11-fevral – "Xalqaro ilm-fandagi xotin-qizlar kuni" munosabati bilan ilmiy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi!
Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan 2025-yilda o‘tkazilgan respublika tanlovlari g‘oliblari Buxoro viloyatida tantanali ravishda taqdirlandi.