Loading...

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 11-fevral – "Xalqaro ilm-fandagi xotin-qizlar kuni" munosabati bilan ilmiy-ma’rifiy tadbir  o'tkazildi!

 Xalqaro ilm-fandagi xotin-qizlar kuni BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasiga muvofiq 2016-yildan buyon nishonlanib kelinadi. Ushbu sana ayollar va qizlarning ilm-fan sohasidagi salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning ilmiy faoliyatda teng ishtirokini ta’minlashga qaratilgan.

 Mazkur sana munosabati bilan, bugun institutimizda olima ayollarni yanada qo'llab-quvvatlashga bag‘ishlangan ilmiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni institutimiz rektori Omonulla Salixov ochib berib, o'z nutqida san’atshunoslik va ilm-fan taraqqiyotida xotin-qizlarning muhim o‘rni va ilmiy faoliyatini alohida e'tirof etdi.

    

 Shuningdek, tadbir davomida O'zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, San'atshunoslik fanlari doktori, professor Akilova Kamola Baltabayevna, “San’at” jurnali bosh muharriri Binafsha Nodir, Niderlandiyaning Leyden universiteti professori Paskaleva Yelena hamda professor Shomurotova Nigora Nabijonovnalar ham ishtirok etib, o‘z ma’ruzalarida zamonaviy olima ayollarning ilmiy salohiyati, ijodiy tafakkuri va xalqaro ilmiy makondagi nufuzi haqida so'z yuritdilar.

 Bu kabi tadbirlar ilm-fan va san’at sohasida ayollar faolligini qo‘llab-quvvatlash hamda ilmiy hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.