Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan 2025-yilda o‘tkazilgan respublika tanlovlari g‘oliblari Buxoro viloyatida tantanali ravishda taqdirlandi.

Ushbu marosimda Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti vakillari, talabalarining bilim, tashabbus va ijtimoiy faolligi yuqori baholanib, munosib e’tirof etildi.
Jumladan, “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli Respublika tanlovining “Eng faol milliy g‘oya va ma'naviyat targ‘ibotchisi” nominatsiyasi bo‘yicha Munis Xo‘jayev 3-o‘rin, “Eng faol xotin-qizlar kengashi raisi” nominatsiyasi bo‘yicha Mashhura Kodirova 2-o‘rin bilan taqdirlandi.
Shuningdek, “Yilning eng faol talabasi” tanlovida ushbu nominatsiyasi bo‘yicha Samia Yunusova 2-o‘rin, “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha Go‘zal Yusupova 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Bundan tashqari, “Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovining 2025-yilgi 4-mavsumida “Eng faol targ‘ibotchisi” nominatsiyasi bo‘yicha Sevinch Zayniddinova 1-o‘rin, Gullola To‘ymurodova 3-o‘rin, Humoyun Saminov 3-o‘rin bilan taqdirlandi. Shu bilan birga, “Til bilimdonlari” respublika tanlovida Shahnoza Yusupova faxrli 2-o‘rinni egalladi.
Mazkur yutuqlar talabalarimizning bilimga, kitobxonlikka va ijtimoiy faollikka bo‘lgan intilishini yanada rag‘batlantirib, kelgusida yanada yuqori natijalarga erishishga xizmat qiladi.
So'nggi yangiliklar
"Abul Muin an-Nasafiy" ziyoratgohiga sayohat tashkil etildi.
“Oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifati, akkreditatsiya va reyting masalalari” mavzusida amaliy uchrashuv
Jizzaxda Sport vaziri ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Farg‘ona davlat texnika universiteti talabalari xalqaro olimpiadada faxrli o‘rinni egalladi
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 11-fevral – "Xalqaro ilm-fandagi xotin-qizlar kuni" munosabati bilan ilmiy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi!
Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan 2025-yilda o‘tkazilgan respublika tanlovlari g‘oliblari Buxoro viloyatida tantanali ravishda taqdirlandi.