Loading...

Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamda 2-Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi o‘rtasidagi samarali hamkorlik izchil davom etmoqda. 

Jumladan, texnikumga Toshkent davlat tibbiyot universiteti «Bolalar kasalliklari» kafedrasi katta o‘qituvchilari — tibbiyot fanlari nomzodlari Axmedova Gulbahor Xusanovna hamda Asomova Nargiza Ilhomovnalar tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida texnikum rahbariyati va pedagogik jamoa bilan uchrashuv o‘tkazilib, o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Xususan, ilmiy maqolalarni hamkorlikda nashr etish, texnikum o‘quvchilarini universitet kafedralarida tashkil etiladigan seminar va konferensiyalarga keng jalb qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

    

Shuningdek, o‘quvchilar uchun “Bolalarda bronxial astma” hamda “Bolalarda gepatitlar” mavzularida mahorat darslari tashkil etildi. Darslar jarayonida mutaxassislar tomonidan kasalliklarning kelib chiqish sabablari, klinik belgilari, tashxis va davolash usullari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar va faol ishtirok etdilar.

Bunday ilmiy-amaliy uchrashuvlar yosh mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi va texnikum ta’lim sifati oshishiga xizmat qiladi.