Loading...

Andijon davlat universitetida "Bobur" oyligi doirasida talabalar tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Andijon davlat universitetida Bobur oyligi doirasida buyuk shoir, sarkarda va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan Filologiya fakulteti talabalari uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

      

Tadbir davomida talabalar tomonidan Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Shuningdek, shoirning g‘azal va ruboiylari asosida tayyorlangan musiqiy chiqishlar, badiiy o‘qishlar hamda Bobur asarlaridan namunalar ijro etilib, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Mazkur tadbir buyuk ajdodimizning boy adabiy merosini yanada chuqur o‘rganish, yoshlar qalbida milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash hamda mumtoz adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qildi.