Loading...

Navoiy shahrida “Ta’limda psixologik farovonlikni birga yaratamiz” shiori ostida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida hududlarda “Ta’limda psixologik farovonlikni birga yaratamiz” shiori ostida ta’lim tashkilotlari psixologlari uchun o‘quv-seminarlari bosqichma-bosqich tashkil etib kelinmoqda. Mazkur seminarlarning navbatdagi qismi joriy yilning 5-fevral kuni Navoiy shahridagi 16-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. 

       

Seminar doirasida "Proyektiv metodikalar va ularni qo‘llash amaliyoti (Luiss Dyuss testi)" mavzusida mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Ushbu mashg‘ulotlar maktab va oliy ta’lim psixologlari uchun O‘zbekiston davlat Jahon tillari universiteti xotin-qizlar psixologi Bo‘stonova Shahzoda Hasanboy qizi (https://t.me/trm_metodika/1508), maktabgacha ta’lim psixologlari uchun esa Navoiy shahri 7-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologi Shodmonova Munira Suyunovna (https://t.me/trm_metodika/1509) tomonidan olib borildi.