Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

    Kasbiy-ijodiy imtihonlarga start berildi

    Ayni damda Guliston davlat pedagogika institutida 60110600-Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi yo‘nalishi abituriyentlari uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarga start berildi. Abituriyentlar Rang-tasvir va Chizmachilik fanlaridan  topshiriqlarni bajarmoqdalar.

          

    Imtihon jarayonlarini adolatli  va  shaffof  o‘tkazilayotganini  kuzatish  uchun   sohaning  ko‘p  yillik  tajribali  mutaxassislari  ishtirok  etmoqda.
        

    Imtihonlar  o‘tkazilayotgan  har  bir xonalarga  maxsus  kuzatuv  kameralari  o‘rnatilgan.  Abituriyentlarning  ota-onalari  va  yaqinlari   imtihon  jarayonlarini  videokameralar  orqali   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   kuzatmoqda.