Loading...

Profilaktika kuni munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi

Jizzax politexnika instituti Transport muhandisligi fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 

     

Unda yoshlarni yot g‘oyalardan asrash, huquqiy savodxonlikni oshirish, ijtimoiy tarmoqlardan mas’uliyat bilan foydalanish hamda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi. 

     

Bunday tadbirlar yoshlar ongida ogohlik va fuqarolik mas’uliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.