Loading...

UrDPIda Vatan himoyachilari kuni keng nishonlandi

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 34 yilligi munosabati bilan Urganch davlat pedagogika institutida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

      

Tadbirda institut rektori Feruza Madraximova ishtirok etib, Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan barcha yurt himoyachilarini samimiy tabrikladi.

       

Bayram doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlarda faoliyat yuritib, bugungi kunda institutda mehnat qilayotgan faxriy xodimlar, profilaktika inspektorlari hamda faxriy Ustozlar, shuningdek, bayram munosabati bilan o‘tkazilgan sport musobaqalari g‘oliblari e’tirof etilib, ularga “Tashakkurnoma” va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Vatan himoyachilari kuni — jasorat, fidoyilik va sadoqat timsolidir. Mard va jasur posbonlarimizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va xizmatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yurtimiz tinch, osmonimiz doimo musaffo bo‘lsin.