Loading...

     

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 34 yilligi va 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Jizzax shahri Sharof Rashidov koʻchasida "Vatanparvarlik karvoni" yurishi bo‘lib o‘tdi.

    

Bayramona yurish Jizzax shahar Davlat xizmatlari markazi oldidan boshlanib, Sharof Rashidov xiyoboniga qadar davom etdi. 

    

Mazkur tadbirda Jizzax politexnika instituti xodimlari hamda talaba-yoshlari institut rahbariyati boshchiligida faol ishtirok etdilar.