Loading...

Namangan davlat texnika universitetida sport bilan muntazam shug'ullanuvchi talabalar ta'tilda ham faol

Sport bilan muntazam shug‘ullanish talabalar hayotining barcha jabhalarida ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi ilmiy tadqiqotlar va amaliy kuzatuvlar orqali  tasdiqlangan. 

Muntazam sport bilan  shug‘ullanuvchi talabalar o‘z vaqtini to‘g‘ri rejalashtiradi, darslarda faolligi oshadi,  liderlik fazilatlari rivojlanadi va  hayotdan mamnunlik darajasi yuqori bo‘ladi.
 
Mana shunday har tomonlama mukammal talabalar Namangan davlat texnika universitetida ham talaygina. Ulardan bir qismi universitet sport majmuasidagi Muaytay sport klubida ta'til paytida ham professor Ulugʻbek Qoʻchqorov boshchiligida mashgʻulotlar oʻtkazib kelmoqda.