Loading...

UrDPIda qishki ta’tildan so‘ng talabalar turar joyi qayta jonlanmoqda

Qishki ta’til yakuniga yetishi bilan Urganch davlat pedagogika instituti Talabalar turar joyida yana faol muhit shakllandi. Yangi semestr oldidan TTJga qaytib kelayotgan talabalarni qabul qilish, ularni joylashtirish hamda tashkiliy masalalarni hal etish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

     

Jarayonlar mas’ul xodimlar tomonidan amaldagi talab va me’yorlarga muvofiq tashkil etilib, talabalar uchun qulay, xavfsiz va munosib yashash sharoitlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.