Loading...

Buxoro davlat tibbiyot institutida xorijiy talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun Buxoro davlat tibbiyot instituti Endokrinologiya kafedrasi xodimlari qishki ta’til davrida xorijiy talabalar bilan ko‘rishib, ular bilan uchrashuv o‘tkazishdi.

        

Uchrashuv davomida talabalar bilan samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi, shuningdek, ichimliklar va shirinliklar taqdim etildi. Mazkur tadbir talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ular bilan yaqin muloqot o‘rnatish hamda o‘zaro do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qildi.
Uchrashuv iliq va do‘stona muhitda o‘tdi.