Loading...

Urganch davlat pedagogika institutida Prezident Murojaatnomasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminarlari davom etmoqda

Urganch davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarni keng targ‘ib etish hamda ularni amaliyotga joriy etish maqsadida tizimli o‘quv-seminarlari tashkil etilmoqda.

      

Navbatdagi seminarda institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Diyorjon Abdullaev hamda Oʻquv ishlari bo‘yicha prorektori G‘ayrat Raximovlar ishtirok etib, Prezident Murojaatnomasida belgilangan vazifalar yuzasidan atroflicha fikr-mulohazalar bildirdi.