Pedagog-xodimlar uchun Prezident Murojaatnomasi yuzasidan o‘quv-seminar

2026-yil 7-yanvar kuni tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq Buxoro davlat pedagogika institutida Aniq va tabiiy fanlar hamda Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetlari pedagog-xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish va chuqur tushuntirishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminar davomida Murojaatnomada belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar, xususan, ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish, pedagog kadrlar salohiyatini oshirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish, yoshlar tarbiyasi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini kuchaytirish masalalari atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan islohotlar, ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida yuksaltirish, fan va amaliyot integratsiyasini ta’minlash borasida belgilangan vazifalar seminar ishtirokchilariga batafsil yetkazildi.

O‘quv-seminar jarayonida pedagog-xodimlarning Murojaatnomada ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarni ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etish, o‘quv-tarbiya ishlarini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilab olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan fikr-mulohazalar bildirilib, Murojaatnoma mazmunidan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

Mazkur o‘quv-seminar pedagog-xodimlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan strategik maqsad va vazifalarni chuqur anglash hamda ularni amaliy faoliyatga tatbiq etishga xizmat qildi.
So'nggi yangiliklar
UrDPIda Vatan himoyachilari kuni keng nishonlandi
"Vatanparvarlik karvoni"
Namangan davlat texnika universitetida sport bilan muntazam shug'ullanuvchi talabalar ta'tilda ham faol
TTJlar to‘liq tayyor, talabalarni kutib olish shtabi ish boshladi
UrDPIda qishki ta’tildan so‘ng talabalar turar joyi qayta jonlanmoqda
Buxoro davlat tibbiyot institutida xorijiy talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi