Loading...

“Yilning eng faol talabasi – 2025” respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi davom etmoqda

 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida “Yilning eng faol talabasi – 2025” respublika ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Bugun kun davomida 5 ta nominatsiya bo‘yicha nomzodlarning taqdimotlari Hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan baholandi va g‘oliblar aniqlandi. 

💬“Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasi 
🥇1-o‘rin: Murodulloyeva Sevinch – Samarqand davlat chet tillari instituti talabasi;
🥈2-o‘rin: Usmonov Jamshidbek – Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti talabasi;
🥉3-o‘rin: Arolova Zarina – Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi.

 💬“Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi
🥇1-o‘rin: Murodxonov Muhammadnur – Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi;
🥈2-o‘rin: Israilov Baxodir – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi;
🥉3-o‘rin: Qurbonov Abdulaziz – Toshkent  tibbiyot akademiyasi Urganch filiali talabasi.

       

💬“Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi 
🥇1-o‘rin: G‘oyibnazarov Sardorxon – Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi;
🥈2-o‘rin: Bekmurodova Laylo – Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi;
🥉3-o‘rin: Babaeva Sabinabonu – Toshkent davlat transport universiteti talabasi.

💬“Yilning eng faol iqtidorli talabasi” nominatsiyasi 
🥇1-o‘rin: Eshimova Shaxzoda – Qarshi davlat universiteti talabasi;
🥈2-o‘rin: Yunusova Samiya – O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti talabasi;
🥉3-o‘rin: Botirova Farangiz – Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi.

    

💬“Yilning eng faol sportchi talabasi” nominatsiyasi 
🥇1-o‘rin: Madaminov Abdulloh – Farg‘ona davlat universiteti talabasi;
🥈2-o‘rin: Tursunpulatova Malika – Namangan davlat universiteti talabasi;
🥉3-o‘rin: Usmonova Dilshoda – Andijon davlat pedagogika instituti talabasi.

Qolgan nominatsiyalar bo‘yicha nomzodlarning taqdimotlari ertaga baholanishi rejalashtirilgan.

G‘oliblar tantanali taqdirlash marosimida maxsus statuetka, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli darajadagi diplomlari va mos ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 15, 10 va 8 barobari miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.